Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oltoy davlat universiteti bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti va Oltoy davlat universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad har ikki universitetni xalqaro reytinglarda ilgari surish sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Uchrashuvda tomonlar xalqaro reytinglarning barcha koʻrsatkichlari boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, hamkorlikda talabalar almashinuvi masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakunida tomonlar universitetlarning turli yo‘nalishlar vakillari bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldilar.
Ma'lumot o’rnida, Oltoy davlat universiteti QS xalqaro reytingida 561-570 o'rinlarni egallagan. Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Oltoy davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O’zMU Axborot xizmati