Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oltoy Davlat Universiteti Matematika Va Informatsion Texnologiyalar Instituti

Oltoy Davlat Universiteti Matematika Va Informatsion Texnologiyalar Instituti Oʻqituvchilari O`zMU Da

 2024 yil 12-mart kuni, Oltoy davlat universiteti Matematika va Informatsion texnologiyalar instituti oʻqituvchilari Yelena Vladimirovna hamda Vera Vladimirovnalar Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Delegatsiya Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova tomonidan kutib olindi.

Suhbat davomida Oltoy davlat universiteti vakillari 2021-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan imzolagan shartnoma har ikki oliy taʼlim muassasasi uchun ham samarali boʻlganligi va bundan keyin ham matematika va informatika sohalarida hamkorlik aloqalar yanada kengaytirish, oʻqituvchi va talabalar oʻrtasida qisqa muddatli alamshinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv soʻnggida, har ikki universitet vakillari hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish uchun amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab olishdi.