Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O'zbekiston-Xitoy talim forumi

O‘zbekiston Milliy universitetiga B.N.Elьtsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Anatolьevich Koksharov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida magistratura, aspirantura va doktarantura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ilmiy jurnallar tahririyati a’zoligiga qatnashish, hammualliflikda nashrlar tayyorlash va chop etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi va anglashuv Memorandumi imzolandi.


O‘zbekiston-Xitoy ta’lim foruminining ikkinchi kun yig‘ilishini Tyanszin shahar qo‘mitasining ta’lim bo‘yicha ishchi qo‘mitasi kotibi Lyu Iman hamda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi.

Tadbir davomida Tyanszindagi ta’lim bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, professional ta’lim tizimini rag‘batlantirish, «Lu Ban» ustaxonasini O‘zbekistonda ochish, Tyanszindagi ilg‘or texnologik laboratoriyalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, Tyanszinda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon professional ta’lim konferensiyasiga barcha respublika OTMlari ishtirok etish uchun taklif etildi.

Tadbir natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tyanszin shahrida joylashgan OTMlari o‘rtasida turli sohalarga doir 40 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolandi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali qator kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi Tyanszinda ta’lim olayotgan talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan yakunlandi.