15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

O‘ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI-2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021 haftaligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi bayoniga muvofiq, Toshkent shahrida “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan yoshlar ishtirokida harbiy vatanparvarlik tadbirlari, parad, harbiy texnika ko‘rgazmasi va katta konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy universitetining 500 nafar talaba-yoshlari va tyutorlari faol ishtirok etdi. Shuningdek, forum ishtirokchilari harbiylar hayoti, ularning harbiy chiqishlari va texnik ko‘rgazmalarini tomosha qilish bilan birga konsert dasturidan madaniy xordiq chiqarishdi.

O’zMU Axborot xizmati