O‘zMU talabasi “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida sovrindor bo‘ldi

Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi «Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)» yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muslima Saidova “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov yosh avlodning mutolaa madaniyatini hamda intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlov yakunida davlatimiz rahbari yosh kitobxonlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazib, mamlakatimizda kitobxonlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan mutlaqo yangi loyiha — “Kitobxonlik harakati”ga start berdi.

Muslima Saidova tanlovdagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun 10 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq talabamizning kitobga bo‘lgan cheksiz muhabbati hamda unga ilm sirlarini o‘rgatgan fidoyi ustozlarining samarali mehnati natijasidir.

Universitetimiz jamoasi Saidova Muslimani ushbu yuksak muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi.