Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

P.M.Masherova nomidagi Vitebsk davlat universiteti.

2024 yilning 8 fevral sanasida O‘zbekiston Milliy universitetiga Belarusiyaning P. M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti rektori Valentina Vasilyevna boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

 Ularni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Madjidov Inomjon , Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Shirinov Raima hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqubjon Ergashovlar kutib oldi.

Uchrashuvda tomonlar yosh tadqiqotchilar hamda doktorantlarni ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha tajribalarni Vitebsk davlat universiteti labaratoriyalarida o‘tkazish , hamkorlikda talabalarning yozgi maktablarini tashkil qilish, keyinchalik mazkur universitet bilan taʼlim bozorida raqobatbardosh bo‘lgan IT-meditsina, amaliy sanʼat kabi yo‘nalishlarda qo‘shma taʼlim dasturini ochish borasida ham fikr almashishdi. Ilmiy tadqiqotlarga ikki rahbarlik hamda O‘zbekiston -Belarus qo‘shma ilmiy loyihalarida ham hamkorlik qilish bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirishdi.

Uchrashuv so‘ngida, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda P. M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Tomonlar mazkur masalalarni hal etish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish va koordinatorlarni tayinlashga kelishib olishdi.