Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Passau universiteti

Nemis Tili Professor-O’qituvchilari Uchun Amaliy Seminar

2023 yilning 26-sentyabrida O’zbekiston Milliy universiteti va O’zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi bilan hamkorlikda Germaniya Federativ Respublikasining Passau universitetidan kelgan Deuser Leon Alexanderning nemis tili professor-o’qituvchilari uchun amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Seminar dastlab maqsad va vazifalar tanishuvi bilan boshlanib, Buxoro, Xorazm, Farg’ona va Toshkent shahridagi oliygohlardan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilarning faoliyati xususida suhbatlashildi.

Shuningdek, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biluvchi Leon Deuser ayni paytda o’zbek tilini o’rganayotganligi hamda bir nechta tillarni qiyoslab o’rganish metodikasi xususida o’z tajribalari bilan bo’lishdi. Nemis tilining bugungi kundagi leksik bazasi va uning rivojlanib boorish bosqichlari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Seminarning navbatdagi qismi keying hafta seshanba kunlarida rejalashtirilishi belgilab olindi. Keyingi seminarlar jadvali va vaqti haqida xalqaro bo’lim telegram kanallarida berib boriladi.


PASSAU UNIVERSITETI TALABASI MILLIY UNIVERSITETDA

2023 yil sentabr oyida, O‘zbekiston Milliy universitetiga Germaniya Federativ Respublikasining Passau universitetining tarix fakulteti 2 kurs talabasi Deuser Leon Alexander tashrif buyurdi. Maʼlumki, universitetda oxirgi yillarda Yevropa universitetlaridan akademik mobillik dasturi doirasida tashrif buyuradigan talabalarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Kuni kecha Finlandiyaning Obua akademiyasi talabasi iqtisodiyot fakultetiga 6 oyga akademik mobillik dasturi doirasida qabul qilingan bo‘lsa, bugun Passau universiteti talabasi qabul qilindi.

Talaba bilan uchrashuvda milliy universitetda o‘quv jaaryoni, ichki tartib-qoidalari, talabalar turar-joyida yashash tartiblari, talabalar shaharchasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Germaniyalik talaba Deuser Leon Alexander tomonidan universitetda nemis tili bo‘yicha tahsil oladigan talabalarga nemis tilida so‘zlashuv klubi tashkil etish istagi borligini bildirdi.

Bunday xorijlik talabalarning talabalarning universitetga tashrif buyurishi til o‘rganuvchi talabalar uchun mulaqot muhitini shakllantirish bilan bir qatorda universitetning akademik mobillik bo‘yicha ko‘rsatkichlarini oshirishga yordam beradi.