Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qozon Federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo aloqalar instituti vakillarining O’zMUga tashrifi

Qozon Federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo aloqalar instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Zamaletdinov Radif Rifkatovich O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbek-Qozon qo‘shma dasturi talabalarini rus tili imtihonlariga tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Shu bilan birga, kelgusida O‘zbek-Qozon qo‘shma dasturini muvafaqqiyatli davom ettirish maqsadida maktab, litsey va texnikum bitiruvchi yoshlarni mazkur dastur to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, ular uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. O‘z navbatida, professor Radif Zamaletdinov hamkorlikda Qozon Federal universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti negizida “Turkologiy” mutaxasisligi bo‘yicha qo‘shma diplom (double degree) loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif bildirdi. Uchrashuv yakunida 2022-yilning fevral oyidan O‘zbekiston Milliy universiteti platformasida ochiq eshiklar kunini tashkil etishga kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati