Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Reading universiteti tadqiqotchisi

“OʻZBEKISTONDA IQLIM OʻZGARISHI VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISHDA YOSHLARNING OʻRNI” MAVZUIDAGI OʻQUV-AMALIY SEMINARI YOPILISH MAROSIMI

2023 yil  24-iyul kuni Markaziy Osiyoda yoshlarning iqlim harakatini qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan “Anchor school for youth climate action in Central Asia” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning oʻrni” mavzuidagi oʻquv-amaliy seminariga start berilgan edi.

    2023 yil 27-iyul kuni ushbu oʻquv-amaliy seminarning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Perfekt universiteti rektori D.Turg‘unov, O‘zMU professorlari F.Hikmatov, H.Egamberdiyev, Reading universiteti tadqiqotchisi (Buyuk Britaniya) G.Mamadjanova, James Cook universiteti katta ilmiy xodimi (Avstraliya) Ben Jarihani mehmon va ekspert sifatida ishtirok etildi.

3 kunlik seminar davomida olingan bilimlar asosida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishlari va ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha tayyorlagan loyihalarini ekspertlarga taqdim etildi.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov Angliyaning Reading universitetida

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov Angliyaning Reading universitetida bo‘lib, ushbu xorijiy ta’lim muassasasi qoshidagi Fizika-kimyoviy tadqiqotlar va tahlillar markazi direktori, professor Vitaliy Kutoryanskiy bilan uchrashdi.

Xorijlik professor Reading universiteti faoliyati, markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar sohasida universitetlar aro faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonlik tadqiqotchilar va doktorantlarning Reading universitetida o‘zaro tajriba almashishi uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.