Roorke texnologiya instituti
Hindistonning Roorke texnologiya instituti bilan onlayn uchrashuv
Ma’lumki, joriy yilda O‘zbekiston Milliy universiteti va Hindistonning Roorke texnologiya instituti o‘rtasida muzokaralar olib borilib, turli sohalarda strategik hamkorlikka asoslangan memorandum imzolangan edi.
Mazkur kelishuvni amalga oshirish maqsadida, bugun 2022yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari va Hindistonning Roorke texnologiya instituti rahbariyati vakillari o‘rtasida video-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu institut dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan, xususan, QS reytingida 400-o‘rindan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.
Onlayn muloqot davomida o‘zaro tajriba almashish, turli yo‘nalishlarda samarali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi faoliyatini yanada kengaytirish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, Roorke texnologiy institutining matematika sohasida qozonilgan yutuqlari alohida e’tirof etib o‘tildi.
O‘zbekiston Milliy universitetining 2 ta talabasi akademik mobillik bo‘yicha ushbu universitetda tahsil olganligi mazkur hamkorlikning ilk odimlari bo‘ldi.
Onlayn uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Milliy universiteti joriy o‘quv yilining bahorgi semestrida tahsil olish uchun Hindistonning Roorke texnologiya institutidan talabalarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi.