Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Saudiya Arabiston Elchixonasi

Saudiya Arabistoni qirolligining O‘zbekistondagi elchisi O'zMUda

2023 yilning 28 fevral sanasida Saudiya Arabistoni qirolligining O‘zbekistondagi elchisi Yousef Salah Al Gahrah Al Otaibi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Elchi Janobi Oliylari uzoq o‘tmishga ega universitetga tashrif buyurganligidan mamnunligini bildirib, Saudiya Arabistonida O‘zbekiston Milliy universiteti yuqori mavqega egaligi va podsholikdan kim O‘zbekistonga o‘qish uchun kelsa mazkur universitetni tanlashini va buning boisi Milliy universitetning diplomi Sudiya Arabistonida ham tan olinishini taʼkidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, elchi Janobi Oliylari O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga qilgan davlat tashrifidan so‘ng ikki davlat aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganligi va bunda taʼlimning alohida bo‘lishi tarafdori ekanligini ham aytib o‘tdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Madjidov Inom Urishovich O‘zbekistonda Arab dunyosi va ayniqsa Saudiya Arabistoni taʼlim tizimiga qiziqish katta ekanligini maʼlum qildi. Tomonlar kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan takliflarni muhokama qildilar.

Uchrashuv so‘ngida amaliy qadam sifatida hamkorlik o‘rnatish maʼqul topilgan universitetlar bilan anglashuv memorandumlarini yaqin kunlarda amalga oshirishga kelishib oldilar.