Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Sharif Hidoyatulloh nomidagi Islom universiteti

O‘zbekiston Milliy Universiteti Indoneziyaning Sharif Hidoyatulloh nomidagi Islom universitetidan kelgan delegatsiyani qabul qildi

2023-yil 24-noyabr kuni Indoneziyaning Sharif Hidoyatulloh nomidagi Islom universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Prof. Maila Dinia Husni Rahiem boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Diyora Islomova kutib oldilar.

Prof. Maila Dinia Husni Rahiem Indoneziya Islom  universiteti to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berib o‘tdi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan ta’limning ko‘pgina tarmoqlarida hamkorlik qilishdan mamnun ekanini bildirdi. Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlikda Skopus bazasida ijtimoiy fanlar va psixologiya kabi yo‘nalishlarda maqolalar chop etish, o‘qituvchilar va talabalar akademik mobillik dasturlarini yaratish hamda gender tengligi bo‘yicha xalqaro konferensiyalar tashkil qilish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Uchrashuv oxirida ikki tomonlama hamkorlik memrandumi imzolashga kelishib olindi.