Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Shimol Arktik Federal Universiteti

Shimol (Arktik) Federal Universiteti (САФУ) vakillari Зарубина Любовь Альбертовна birinchi prorektor o‘rinbosari –xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘I va Polina Sergeevna Golomidova Xalqaro hamkorlik bo'limining ishga qabul qilish bo'limi boshlig'I O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

    Delegatsiyani Xorijiy filologiya fakulteti dekani Bakiyev Xabibulla Maxamatjanovich boshchiligidagi Xorijiy filologiya fakulteti xodimlari kutib olishdi.

     Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan O‘zga tilli guruhlarda rus tili bakalavriat bosqichi uchun 3+1, lingvistika yo’nalishining magistrantlari uchun 1+1 kabi ikki diplomli qo’shma ta’lim dasturlari yaratish, o‘qituvchilar o’rtasida akademik mobillikni kengaytirish borasida fikrlar almashildi.

     Nemis filologiyasi kafedrasi mudiri Imyaminova Shuxratxon Salijanovna Shimol (Arktik) Federal Universiteti tomonidan tashkil qilingan konkursda qatnashayotgan O‘zMU talabalarining muvaffaqayatlari to’g’risida so’zlab, ushbu universitet vakillari bilan hamkorlikda olimpiadalar o’tkazish taklifini bildirdi.