Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Shimoliy Qozog‘iston universiteti

Shimoliy Qozog‘iston universiteti vakili O‘zbekiston Milliy Universitetida

O‘zbekiston Milliy Universiteti qo‘shni Qozog‘iston universitetlari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik olib boradi va ushbu davlat universitetlari bilan 30 dan ortiq memorandum imzolangan. 2023-yil 30-oktabr kuni esa rasmiy memorandum imzolangan universitetlardan biri Shimoliy Qozog‘iston universitetidan Sergey Vladimirovich Pashkov O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti dekani Shavkat Sharipov, Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri Kamoliddin Xakimov va Tabiiy geografiya kafedrasi dotsenti O‘ktam Abdunazarovlar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida 2022 yilda imzolangan xamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi bo‘yicha almashinuvlarni ko‘paytirish, ilmiy kolloboratsiya loyixalar-qo‘shma maqolalar chiqarish bo‘yicha kelishildi.

Shuninngdek, 2024 yilda hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazish masalasida ham takliflar ko‘rib chiqildi.