Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Strategik hamkorlikni rivojlantirish yo’lida

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti Umumiy tarix kafedrasi mudiri Guljan Otarbayeva tarix yo’nalishida hamkorlikni rivojlantirish hamda akademik almashinuv yuzasidan dars mashg`ulotlarini olib borish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari xususida fikrlar almashishdi, xususan, hamkorlikda talabalar almashinuvi, xalqaro qishki maktablarni o’tkazilish masalalari ko’rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar ish jarayonida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Ma’lumot o’rnida, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti QS Xalqaro reytingda 482 o’rinni egalladi.

O’zMU Axborot xizmati