Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tabiiy fanlar universiteti

O‘zbekiston Milliy Universiteti Yevropaning ko‘plab universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, institutlari, oliy maktablari va tashkilotlari bilan hamkorlik olib boradi.Jumladan Chexiyaning Tabiiy fanlar universiteti bilan 2007 yilning 21 mart sanasida memorandum imzolangan va hozirgi kunga qadar birgalikda turli loyihalar bajarilmoqda.

     2023 yilning noyabr oyida Chexiyaning Tabiiy fanlar universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti vakillari OʻzMUga tashrif buyurishdi.

     Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, biologiya fakulteti dekani Toʻxtasin Abduraxmonov va biologiya fakulteti xodimlari qatnashishdi. 

    Tomae Subrt Chexiyaning Tabiiy fanlar universiteti universiteti toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berdi va biologiya fakulteti bilan olib borilayotgan muvaffaqayatli loyihalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

     Uchrashuvda davomida tomonlar hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, oʻqituvchilar va talabalar akademik mobillik dasturlarini koʻpaytirish va birgalikda yozgi maktablar tashkil qilishga kelishib olindi.


Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova   Chexiyaning Tabiiy Fanlar universitetiga tashrif buyurdi. Maʼlumki, bu universitet 1906-yilda tashkil topgan boʻlib QS reytingida 701-710, THE reytingida esa 801-1000 oʻrinlarni qayd etgan. Ayniqsa, Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur universitetning Biologiya , kimyo fanlari mutaxassislari bilan yaqindan  hamkorlik qilib boradi.

Dastavval, Chexiya Tabiiy Fanlar universiteti rahbariyati tomonidan  universitet kampusi boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Topologik-muhandislik, Agro-biologiya kabi fakultetlarda dars jarayonlarining tashkil etilishi bilan tanishtirildi.

Shuningdek,  Iqtisod fakulteti dekani Šuburt Tomàs , kafedra mudiri muovini Karel Tomšiklar bilan talabalarning iqtisod va informatika fan yoʻnalishlarida  qisqa muddatli akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston Milliy universitetining talabalarini 2024-yil Praga shahrida oʻtkazilishi kutilayotgan summer school  programmalarida ishtirok etishlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Michal Lošťák bilan uchrashuvda kelgusida professor-oʻqituvchilarning stajirovka jarayonlarini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.