Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TABRIKLAYMIZ!

 Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab  Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida o’tkazilgan “ENG YAXSHI INNOVATSION G’OYA” nomli universitet talabalari o’rtasidagi tanlov natijalariga ko’ra, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Abdiyev Islom Ernazar o’g’lining “Elektrovelosiped ishlab chiqarish” loyihasi, Ijtimoiy fanlar fakulteti magistranti Imomnazarov Xasan Ixtiyor o‘g‘lining “Smart ilovadan yorqinlik sari” mobil ilova loyihasi, Matematika fakulteti talabasi Rajabov Maxmud Erkaboy o’g’lining “Intraktiv Smart xona” loyihasi hamda  Kimyo fakulteti magistranti Ne’matova Salima Tuychi qizining “Kadmiy tellurid nanozarralarining sintezi va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish” loyihasi tanlov g’olibligiga tavsiya etildi. Tanlov tashkilotchilari tomonidan g’olib bo’lgan talabalarning har biri 3 million so’m pul mukofoti bilan taqidirlandilar. Shuningdek, professor-o’qituvchilar o‘rtasida o’tkazilgan “ENG YAXSHI ELEKTRON RESURS” nomli tanlovi yakuniy natijalariga ko’ra, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi dotsenti Toshov Xurshid Ilhomovich va Xorijiy filologiya fakulteti  “Fakultetlararo rus tili” kafedrasi mudiri Isakova Ravshana Karimjanovnalarning loyihalari tanlov g‘olibligiga tavsiya etildi. G’oliblar 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqidirlandi. Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan iqtidorli ustoz va talabalarimizni muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

O’zMU Axborot xizmati