Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarixiy manbashunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan 2024-yil 23-aprel kuni “O‘zbekistonda tarixiy manbashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zR FA Tarix instituti, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti, “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Qozog‘istonning nufuzli universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlarining tadqiqotchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlardagi ilmiy masalalar muhokama etildi:

  • O‘zbekistonning qadimgi davr va o‘rta asrlar manbashunosligida yangicha yondashuvlari;
  • O‘zbekistonning yangi va eng yangi tarixi manbashunosligi;
  • Manbashunoslik va maxsus tarixiy fanlar nazariyasi hamda amaliyoti mahalliy va xorijiy olimlar nuqtai nazarida;
  • Raqamli manbashunoslik masalalari;
  • Manbashunoslik, tarixshunoslik va arxiv manbashunosligining zamonaviy tadqiqot usullari.
    Anjuman manbashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, bakalavr talabalari va magistrlarga hamda mazkur sohaga qiziquvchi keng ilmiy jamoatchilikni qamrab oldi.

O‘zMU Axborot xizmati