15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

Ta’ziya

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi ko’p yillar davomida universitetimizda mehnat qilgan fizik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, Yadro fizikasi kafedrasi professori, OT-F-2-16 grant rahbari, bosh ilmiy xodimi Mo’minov Tolib Musayevichning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jamoasi nomidan marhumning yaqinlari, farzand-u arjumandlariga, shogirdlariga hamdardlik bildiramiz.
Ma’lumot o’rnida, professor Mo’minov Tolib Musayevich “Beruniy” nomidagi davlat mukofoti va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasi oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB-50 betatroni, MT-22S mikrotroni, EG-2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratilgan. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan o‘tishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining o‘ta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar o‘tkazgan.

O’zMU Axborot xizmati