Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarori 115-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 684-son qonuni 66-moddasiga asosan “Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasini o’tkazish maqsadida ko’zda tutilgan auditoriyalarini laboratoriya mebellari xaridi” bo‘yicha savdolar jarayonini qulaylik va shaffoflikni taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portal orqali davlat xaridlarining elektron tizimi etender.uzex.uz platformasiga davlat buyurtmachisi tomonidan tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan 12 (o‘n ikki) ish kuni oldin joylashtiriladi.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon, faqat tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi.
Tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:
- tenderni o‘tkazish shakli: onlayn
- tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va boshlang‘ich narhi: “Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasini o’tkazish maqsadida laboratoriya mebellari xaridi”, summasi QQS bilan 6 898 572 800 (Olti milliard sakkiz yuz to’qson sakkiz million besh yuz yetmish ikki ming sakkiz yuz so’m 0 tiyin);
- tender o‘tkaziladigan joyning manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani Universitet ko’chasi 4-uy;
- tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar: elektron tender ishtirokchisi elektron tenderda davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxs davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda foydalanishi, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi, xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar bo‘lishi, asosiy benefitsiar maʼlumotlarni oshkor etishi, g‘olib deb topilgan taqdirda, buyurtmachi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart;
- davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan bog‘lanish uchun aloqa bog‘lovchi shaxs: Djalolov Baxtiyor
- Murojaat uchun tel: (99) 865-82-10.
Mas’ul xodim: U.Tagayev