Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari

Umumiy maʼlumotlar va TIQQM loyihasiga oid hujjatlar

BIMTning asosiy vazifalaridan biri barcha ishtirokchi davlatlarga intellektual mulk muhofazasi, shuningdek patent maʼlumotlari muhofazasi sohasida huquqiy va texnik ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Patent maʼlumotlari Internet tarmoqlari orqali bepul yohud pulli tijorat xizmatlari shaklida taqdim etiladigan xizmatlar ko‘rinishida kundan kunga ommalashib bormoqda. Biroq, ayrim mamlakatlarda patent maʼlumotlarining omma uchun ochiqligi va qamrovi ko‘lami maʼlum darajada cheklangandir.

Mana shunday cheklovlarni eʼtiborga olgan holda 2009 yilning aprel oyida BIMT Technology and Innovation Support Centers (TISCs) – Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQMlari)ni tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani ishga tushirdi. Bunday markazlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad qator mamlakatlarda patent maʼlumotlaridan, hududiy va viloyat markazlarida esa ilmiy-texnik maʼlumotlar foydalanish samaradorligini oshirish hamda texnik ilmlardan foydalanishni soddalashtirish hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib TIQQMlar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganini ko‘rish mumkin, bizning respublikamizda esa mazkur loyiha 2017 yilning sentyabr oyidan boshlab hayotga tadbiq etila boshlandi.


LOYIHA FAOLIYATNING IKKITA ASOSIY YO‘NALISHIDAN IBORAT:

• Ixtisoslashtirilgan maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash,

• Innovatsion salohiyatni o‘stirish.


TIQQMLARINING VAZIFALARI:

• maʼlumotlar bazalarining foydalanish uchun taqdim etilishiga bo‘lgan ehtiyojni tadqiq qilish;

• ixtisoslashtirilgan patent va nopatent maʼlumotlari bazalarining jamoatchilik foydalanishi uchun ochib qo‘yish;

• joylarda TIQQMlarini tashkil etish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, TIQQMlari tarmog‘ini tashkil etish orqali ushbu maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanilishiga erishish;

• TIQQMlari xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari uchun ularning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari hamda tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.