Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Turkmaniston elchisi

Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O‘zMUga tashrif buyurdi.

2024 yilning 29 yanvar sanasida Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. 

Elchi janoblari Shadurdi Meredov, elchixona konsuli Azat Djorayev, attashe Ayna Yoldashevalar bilan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan rektor Inom Madjidov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashovlar o‘zaro suhbatlashishdi.

Suhbat ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, kadrlar almashinuvi, akademik mobillik hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish kabi bir qator muhim masalalarga bag‘ishlandi.

Kelgusida elchixona vakillari bilan O‘zMUda tahsil olayotgan turmanistonlik talabalar uchrashuvini tashkil etish, ulug‘ turkman shoiri Mahtumqulining 300 yilligi munosabati bilan universitetda xalqaro konferensiya o‘tkazish, shuningdek, O‘zbek filologiyasi fakultetida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mini-kutubxona barpo etishga kelishib olindi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetining 13 ta fakultetida 341 nafar turkmanistonlik talabalar tahsil oladi.