O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining sayyor qabuli o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov tomonidan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, talabalarni ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, to‘lov-kontrakt masalalari  muhokama qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, fakultetlar faoliyatini rivojlantirish hamda universitetda yanada qulay ish muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Ayrim murojaatlarga qabul jarayonining o‘zida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va belgilangan tartibda hal etish talab qilinadigan masalalar yuzasidan mas’ul rahbar va xodimlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijro muddatlari belgilandi.