Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

V.N.Karazina nomidagi Xarkov milliy universiteti

V.N.Karazina nomidagi Xarkov milliy universiteti delegatsiyasi O’zMUda

2023 yilning 23 sentabr sanasida V.N.Karazina nomidagi Xarkov milliy universitetining rektori Tatyana Kaganovskaya, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Nazirov Zarif va  Xarkov milliy universitetining O‘zbekistondagi vakili Maxkam Rasulbayevlardan iborat delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.

Hamkorlarni O‘zMUning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Yoqubjon Ergashev, Kimyo fakulteti dekani Shaxnoza Kadirova va Xalqaro xamkorlikni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G‘olibjon Yoziyevlar kutib olishdi. 

Ma’lumki O‘zMU mazkur universitet bilan 2021-yilda xamkorlik memorandumi imzolagan va ushbu shartnomaga asosan O‘zMU doktorantlari Xarkov milliy universitetida malaka oshirib qaytishgan. 

Uchrashuvda rektor Tatyana Kaganovskaya xamkorlikni yangicha yo‘nalishlarda davom ettirish maqsadini bildirdi. Xususan sohalararo yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, ilmiy maqolalar yozish, istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy loyihalarda ishtirok etish borasida fikrlar almashilindi.

Bundan tashqari, Arizon Yevropa dasturlari doirasida birgalikda loyihalar yaratish borasida takliflar ko‘rib chiqildi.  Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Yoqubjon Ergashev Xarkov Milliy universitetining tabiiy fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlarini alohida ta’kidlab, ushbu soha vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazish taklifini bildirdi. 

Uchrashuvda joriy yilining noyabr oyida e’lon qilinishi kutilayotgan ERASMUS dasturi uchun loyiha tayyorlash hususida kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 218 yillik tarixga ega Xarkov Milliy universiteti QS reytingida 511-520 va THE reytingida 1001-o‘rinlarni egallagan.