Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro Simpoziumning birinchi kuni o’z nihoyasiga yetdi

2021-yil 9-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti, “ Ecobiome” O’zbekiston-Xitoy qo’shma ilmiy tadqiqot labarotoriyasi, AQShning Kaliforniya Davis universiteti va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “1st Central Asia Genomics Symposium” – «Birinchi Markaziy Osiyo Genomikasi» mavzuida Xalqaro Simpoziumning birinchi kuni o'z nihoyasiga yetdi.
Anjumanning maqsadi qishloq xo’jaligi, tibbiyot, farmasevtika, mikrobiologiya, oziq-ovqat, diagnostika va boshqa sohalarda genomika va bioinformatka metodlarini tadbiq etish borasida tajriba almashish hamda ushbu sohalarda xalqaro ekspertlar bilan birgalikda hamkorlik o’rnatishga yo’l ochishdan iborat. Anjuman gibrid formatda tashkil qilinib, ingliz va rus tillarida olib borildi.
Simpoziumni O'zbekiston Milliy universiteti professori Dilfuza Egamberdiyeva hamda Kaliforniya Davis universiteti professori Paulina Carmona Mora ochib berdi. Xalqaro olimlar tomonidan sohadagi dolzarb mavzularda ma’ruzalar olib borildi.
Xalqaro simpozium yakunida tezislar simpoziumning ilmiy to’plami shaklida nashr etiladi, tezis topshirganlik to’g’risida mualliflarga elektron sertifikatlar beriladi va eng yaxshi 4 ta taqdimot uchun mukofot beriladi.
Xalqaro simpozium 10-dekabr kuni davom etadi.

O’zMU Axborot xizmati