Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yevroosiyo Milliy universiteti professori O’zMU talabalariga dars mashg’ulotlarini olib bordi

2021-yilning 22-noyabr kunidan 1-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sotsiologiya” kafedrasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti professori Burakanova Galiya Masigutovna hamda Kovalskaya Svetlana Ivanovna bilan xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv doirasida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Dars mashg‘ulotlari "Fan va taʼlim sotsiologiyasi” va “Ijtimoiy antropologiya” fanlaridan 12 soat onlayn maʼruza va seminar shaklida O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya" yo'nalishi talaba va magistrlariga olib borildi.

O‘zMU Axborot xizmati