Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yosh sport menejerlari

Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu jarayonda sport muhim o’rin tutishi hech kimga sir emas. «Jismoniy tarbiya va sport menejmenti» fani O‘zbekistan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ish yuritishda zarur bo‘ladigan ijtimoiy boshqaruvning nazariy asoslarini egallash, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos keladigan menejmentning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish, xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy, moddiy, mehnat zahiralaridan unumli foydalanishda asosli qarorlar qabul qila olishni ta’minlaydi. Shu munosabat bilan 2021-yilning 13-dekabr kuni Taekvondo va sport faoliyati fakulteti “Sport menejmenti” kafedrasi oqituvchisi Sh. Muxsinov va fakultet talabalari ishtirokida "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti" fanidan talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, fikrlash qobiliyatini yuksaltirish va ularda ushbu fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida "Yosh sport menejerlari" bellashuvi bo’lib o’tdi. Bellashuvda 20-206 va 20-207 guruh talabalari 4 guruhga bo’lingan holda o’zaro bellashdilar. Tadbir davomida talaba-yoshlar oʻzlarining faolligi, bilim va ko’nikmalarini namoyon etdilar.

O’zMU Axborot xizmati