Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Zakovat” terma jamoasi a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Bugungi kunda yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bilim va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli tanlovlar va intellektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Ushbu o’tkazilgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini hamda dunyoqarashini kengaytirish, ular orasida mehnat huquqiga oid bilimlarni targ‘ib qilishda interaktiv usullardan foydalanish, turli viloyat talabalari o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirishdan iborat.
“Toshkent yoshlarni sevadi!” loyihasi hamda “Yoshlar oyligi” doirasida joriy yilning 15-noyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida oʻtkazilgan anʼanaviy  “Zakovat” intellektual oʻyinida poytaxtimizdagi 30 dan ortiq  oliy taʼlim muassasalarining 60 ta jamoalari o'zaro bellashdilar. Mazkur “Zakovat” intellektual oʻyinida O'zbekiston Milliy universitetining O'zMu jamosi 1-o'rin, Milliy jamoasi 2-o'rin bilan musobaqaning mutloq g'oliblariga aylanishdi. G’olib bo’lgan jamoalar 20-noyabr kuni “Magic City” bogʻida shou-konsert dasturi hamda haftalik gʻoliblarini taqdirlash marosimida tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Unda jami 6790 nafar yoshlar ishtirok etdi. Shundan 5148 nafar yoshlar tomoshabin sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 1642 nafar yoshlar bevosita ishtirokchi sifatida tadbirlarda qatnashishdi. Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 38 nafariga kontrakt to‘lovlarini to‘lash yuzasidan sertifikatlar topshirildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universetitening 90 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi  doirasida 
25-noyabr kuni "Zakovat" intellektual turniri o’tkazildi. Unda 21 ta OTM jamoalari bahs olib bordi.
"Zakovat" intellektual o'yinida O'zbekiston Milliy universititening '' Tafakkur'' jamoasi 30 dan ortiq jamoalar orasida 1-o’rinni egallab, 10 000 000 so'mlik VAUCHERni qo'lga kiritdi. Shu munosabat bilan, O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov va universitetning “Zakovat” terma jamoasi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov  “Zakovat” terma jamoasi a’zolarini ketma-ket muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etib, jamoa a’zolariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, ochiq muloqotda bir nechta vazifalar va strategik rejalar  belgilab olindi. Universitet rektori universitetda “Zakovat” klubini tashkil etish, unga faol talaba-yoshlarni jalb etish, barcha fakultetlar kesimida “Zakovat” intellektual o’yinlarini doimiy muntazam o’tkazib borish, respublikamizda o’tkaziladigan “Zakovat” intellektual turnirlariga munosib tayyorgarlik ko’rish hamda uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan topshiriqlar berdi.

O’zMU Axborot xizmati