Nasretdinova Shakhnoza Saidakmalovna -Kafedra mudiri
100174, Universitet street 4, Olmazor district, Tashkent
Monday-Friday, 14:00 – 17:00
+998 71 246-90-80
“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi «Ekonometrika» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar yo‘nalishi va magistr mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2527-sonli qarori ilovasiga asosan “Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti qoshida tashkil etilgan hamda f.m.f.n., dotsent Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna kafedra mudiri etib tayinlangan va hozirgi kungacha bu vazifani sidqidillik bilan bajarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bir qator fanlardan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Statistika | statistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o‘quv malakasini shakllantirishdir |
2 | Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot | iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirish |
3 | Menejment va marketing | menejment va marketing bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish |
4 | Ekonometrika asoslari | ekonometrik tahlil va ekonometrik modellashtirish asoslarini chuqur o‘zlashtirish asosida iqtisodiy jarayon yoki hodisalarning o‘zgarishi sabab va oqibatlarini miqdoriy jihatdan o‘rgatish |
5 | Oliy matematika | Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda ishlatiladigan matematik bilimlarni o‘rganish |
6 | Raqamli va axborot texnologiyalari | talabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida raqamlashtirish imkoniyatlari va yo‘nalishlari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir. |
7 | Investitsiyalarni boshqarish | investitsiya tizimining shakllanish mexanizmini, investitsiyalarni baholashning tashkiliy-iqtisodiy, me’yoriy, ilmiy va uslubiy asoslarini, investitsiyalarni baholashning asosiy yo‘nalishlari, shakllari va usullarini haqida bilimlar berish |
8 | Investitsionion loyihalar tahlili | Investitsiya loyihalari tahlili fanini o‘rgatishdan maqsad – talablarga amaliyotda loyihalar tuzish, tahlil qilish va samarali loyihalarni tanlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishidan iborat. |
9 | Chiziqli algebra | Chiziqli algebraning usullari yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish va asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirish |
10 | Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika | Klassik statistika jarayonlarini aniq tasavvur qilish, bu jarayonlarning matematik modelini tuzish va yechimlarini topish usullarini o‘rganish, yechimlarni matematik tahlil qilish, stoxastik tajribalardan olingan sonli ma’lumotlar-tanlanmani qayta ishlash va undan tegishli statistik xulosalar chiqarish usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish |
11 | Iqtisodiy-matematik modellar va usullar | Iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalarida qarorlar qabul qilish bosqichlari va jarayonlarini amalga oshirish, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ushbu soxada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni yechishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish |
12 | Moliyaviy matematika | Miqdoriy usullarni qo‘llab, ilmiy asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilishni biladigan, xalqaro moliya-kredit tizimlarida qo‘llanadigan miqdoriy usullarni o‘zlashtirgan, xalqaro va ichki tijorat va investitsiya loyihalarini tahlil qilish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish |
13 | Vaqtli qatorlar tahlili | Iqtisodiy jarayonlarni vaqtga asosan o‘zgarishlarini tahlil qilish, vaqtli qatorlarni modelllashtirish va ularning adekvatligini tekshirish, vaqtli qator modellari asosida prognozlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish. |
14 | Aktuar matematika | Jamiyatning siyosiy hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi qonuniyatlari, dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik jihatlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish |
15 | Moliyaviy dasturlash | makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida bir tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish |
16 | Kapital bozorining texnik taxlili | valyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorlarini texnik tahlil qilish nazariyasi va amaliyotining asoslari o‘rganish |
17 | Risklarni boshqarish va sug‘urta | risklarni boshqarish yuzasidan nazariy bilimlar berish risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va zamon talabiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish |
18 | Iqtisodiyotda o‘yinlar nazariyasi | boshqaruvdagi qarorlarni qabul qilishning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi fan bo‘lib, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish tizimlarining zamonaviy sharoitlarida boshqaruvdagi qarorlarni qabul qilish variantlari aniqlash imkoniyatini berishi orqali optimal strategiyalar va qarorlarni tanlash |
19 | Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash | Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlarni berish. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
Mirzaev Bobur Soyibjonovich | 3-kurs tayanch doktorant | O‘zbekiston sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish |
Djalilov Dostonbek Abduazizovich | 3-kurs tayanch doktorant | Iqtisodiy o‘sishning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sirini ekonometrik modellashtirish |
Abdujalilova Guzal Saydillaevna | 2-kurs tayanch doktorant |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot
Tashkilot va muassasa nomi | Filiallari to‘g‘risida ma’lumot |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligi | Har bir viloyatda Iqtisodiyot boshqarma va har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati | Toshkent sh. (2 tagacha talabani amaliyotga oladi) |
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish markazi | Har bir viloyatda boshqarma mavjud |
«O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi | Har bir viloyatda boshqarma mavjud |
Qishloq qurilishbank | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
ATB “Agrobank” | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
“Toshkent” Respublika fond birjasi | Toshkent sh. (15 tagacha talabani amaliyotga oladi) |
Aksionerlik tijorat “Aloqabank “ | Mirobod filiali, Qo’qon filiali, Andijon filiali, Buxoro filiali, Qashqadaryo filiali, Navoiy filiali, Namangan filiali, Qoraqalpog’iston filiali, Samarqand filiali, Surxondaryo filiali, Xorazm, Farg`ona filiali, Jizzax filiali |
ATB “Mikrokreditbank” | Har bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud |
Xususiy aksioner tijorat banki “DAVR-BANK” | Toshkent sh., Toshkent viloyati (Kibray, Zangiota, Bektemir tumanlari) |
“XALQ SUG’URTA” MChJ sug‘urta kompaniyasi | Toshkent sh. |
Aksionerlik tijorat “Xalq Banki” Toshkent shahar Uchtepa filiali | Toshkent shahar Uchtepa tumani |
AITB “Ipotekabank” Yakkasaroy filiali | Toshkent sh. Yakkasaroy tumani |
AT Asaka banki Zarafshon shahri filiali | Navoiy viloyati Zarafshon shahri |
“KENG MAKON” mebel fabrikasi | Toshkent sh. va Toshkent v.da joylashgan |
Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish kafedrasi
Professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni |
Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna | Kafedra mudiri |
Madraximov Ruzimboy Masharipovich | dotsent |
Otaev Shonazar Qodirovich | dotsent |
Nurmuxamedova Nargiza Saydillaevna | dotsent |
Parpiev Ziyodulla Tuxtasinovich | dotsent |
Djabbarov Raximjon Abdullaevich | katta o‘qituvchi |
Mirzaev Bobur Soyibjonovich | katta o‘qituvchi |
Ruzmanov Shuxrat Usmonovich | katta o‘qituvchi |
Alimov Oybek Narkulovich | o‘qituvchi |
Djalilov Dostonbek Abduazizovich | o‘qituvchi |
Fayzullaev Doston Maxmud o‘g‘li | O‘qituvchi |
To‘garaklar
“Ekonometrika va iqtisodiy modellashtirish” kafedrasi qoshidagi “Yosh dasturchilar” to‘garagi faoliyati 2020 yil oktyabr oyida katta o‘qituvchi Djabbarov Raximjon va o‘qituvchi Alimov Oybeklar tomanidan tashkil qilingan. To‘garak o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, amaldagi qonunlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi me’yoriy hujjatlari, universitet rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Universitet talabalariga axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositasi yuzasidan “Raqamli va axborot texnologiyalari” fanlaridan chuqurlashtirilgan mahorat darslari olib boriladi.