– Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
e-mail:
Differentsial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi 2014 yil noyabrь oyida universitetning ikkita differentsial tenglamalar hamda matematik fizika kafedralarining birlashtirilishidan tashkil topgan. Hozirgi kunda differentsial tenglamalar va matematik fizika kafedrasida 16 nafar professor-oqituvchi, 5 nafar tayanch doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada 9 nafar fan doktori, shundan 3 nafari OzR FA akademigi, 7 nafar fan nomzodlari matematik fizikaning noklassik tenglamalari, buziladigan va singulyar koeffitsientli differentsial tenglamalar, aralash va aralash-qoshma tipdagi tenglamalar nazariyasi, differentsial va psevdodifferentsial operatorlarning spektral nazariyasi, garmonik analiz va veyvlet almashtirishlari, taqsimlangan parametrli ziddiyatli holatlarda boshqaruv masalalari sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Kafedra professor-oqituvchilari oddiy differentsial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, variatsion hisob va optimallashtirish usullari, oyinlar nazariyasi va jarayonlar tadqiqoti, matematik fizikaning zamonaviy usullari, integral tenglamalar va psevdodifferentsial operatorlar va oliy matematika fanlaridan maruzalar oqiydi.
Kafedrada 5A130103-Differentsial tenglamalar va matematik fizika mutaxassisligi boyicha magistrant hamda 01.01.02-Differentsial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi boyicha tayanch doktorantlar va doktorantlar tayyorlanadi.
Kafedrada OzR FA akademigi Sh.A.Alimov rahbarligida Matematik fizikaning dolzarb muammolari nomli ilmiy seminar faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-oqituvchilari mavjud ilmiy seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Differentsial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi MDH hamda xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari bilan ilmiy hamkorlik ornatgan. Jumladan, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Janubiy-Ural davlat universiteti, Samara davlat universiteti, Shimoliy-sharqiy Federal universitet, Vitius Bering nomidagi Kamchatka davlat universiteti, RFA Sibirь bolimi S.L.Sobolev nomidagi Matematika instituti, Kabardin-Balьkariya ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Putra Malayziya universiteti, Berlin (Svobodnыy) universiteti, Gyottingen universiteti (Germaniya) va boshqalar.
Ilmiy hamkorlik natijasida xalqaro konferentsiya va simpoziumlar tashkil etilmoqda hamda hamkorlikda nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilinmoqda.Kafedra a`zolari:
1. ZIKIROV OBIDJAN SALIJANOVICh (kafedrasi mudiri)
2. ALIMOV ShAVKAT ARIFJANOVICh (professor)
3. TO`XTASINOV MO`MINJON (professor)
4. ISLOMOV BOZOR (professor)
5. MAMADALIEV NUMONJON (dotsent)
6. QOSIMOV ShAKIRBAY GAPPAROVICh (Dotsent)
7. FAYZIEV YuSUF ERGAShEVICh (dotsent)
8. ALIQULOV TOLIB NORTAShIVICh (dotsent)
9. BUVAEV KAXRAMON TOShBALTAEVICh (dotsent)
10. ABDULLAEV OBIDJON XAYRULLAEVICh (dotsent)
11. KO`ChQOROV ERKIN IBROHIMOVICh (katta o`qituvchi)
12. MADRAXIMOVA ZILOLAXON SODIQJONOVNA (katta o`qituvchisi)
13. YuLDAShEVA ASAL VIKTOROVNA (katta o`qituvchisi)
14. XALMUXAMEDOV ALIMJON RAXIMOVICh (professor)