Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mexanika va matematik modellashtirish

Axmedov Akram Burxonovich – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 9

e-mail: ahmedov-1956@mail.ru


Mexanika kafedrasi 1920 yili Turkiston (Orta Osiyo (1923), Toshkent (1960), hozirgi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti (2000 yildan)) universitetining fizika-matematika fakulьtetida tashkil etilgan. Mazkur kafedrada nazariy mexanika, osmon mexanikasi asoslari, elastiklik nazariyasi, gidromexanika, maydonlar nazariyasi va boshqa fanlardan maruzalar oqilgan.
1936 yildan mexanika kafedrasi mutaxassis tayyorlovchi kafedra maqomiga erishdi va nazariy mexanika, elastiklik va plastiklik nazariyasi hamda gidromexanikadan mutaxassislar tayyorlay boshladi. Mexanika kafedrasi mudirlari dots. A.K. Pavlenko (1936 – 1938), prof. M.F. Shulьgin  (1939-1975) bolishgan. 1956 yilda mexanika kafedrasi asosida ikkita Umumiy mexanika va Tutash muhitlar mexanikasi kafedralari tashkil etildi. Umumiy mexanika kafedrasi mudirlari prof. M.F. Shulьgin (1975 yilgacha), dots. A.F. Shulьgin (1975-1982), prof. A.G. Azizov (1982-1997) lar bolishgan. Kafedraning ilmiy muammolari Boshqarish muammolari, optimallashtirish va mexanika tenglamalarini integrallash mavzusida birlashtirilgan. 
Xalq xojaligi ehtiyojlari va universitet mexanika kafedrasida elastiklik nazariyasi va gidromexanika boyicha ilmiy tadqiqotlarning sezilarli darajada rivojlanishi munosabati bilan Ozbekistonda fanning va oliy talimning taraqqiyotiga katta hissa qoshgan yirik mexanik olim, akademik, texnika fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori prof. M.T. Orozboev tashabbusi bilan 1956 yili yangi tutash muhitlar mexanikasi (TMM) kafedrasi tashkil etildi. TMM kafedrasining birinchi kafedra mudiri M.T. Orozboevning ozi, keyin dots. A.D. Bagdasarov (1965-1973), dots. Sh. Mamatkulov (1973-1983), prof. A. Begmatov (1983-1997) lar bolishgan. 
1997 yilda Umumiy mexanika va Tutash muhitlar mexanikasi kafedralari birlashtirildi va bitta Nazariy va tatbiqiy mexanika  
kafedrasi faoliyat yurita boshladi. 2016 yilda kafedraning nomi Mexanikaning nazariy asoslari deb ozgartirildi.Mexanikaning nazariy asoslari kafedrasi uch yonalish: nazariy mexanika, deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi va suyuqlik va gaz mexanikasi boyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Shu yonalishlar boyicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hozirda ilmiy tadqiqotlar quyidagi yonalishlar boyicha olib boriladi: Inshootlarning suyuqlik va tuproq muhitlari bilan ozaro dinamik tasirlari (B.E. Xusanov,  N.T. Mamatova, D.A. Sagdullaeva, Sh. Ibodullaev); Boshqarish muammolari, optimallashtirish va mexanika tenglamalarini integrallash (N.A. Korshunova, M.N. Sidikov, I.K. Xaydarov, M.I. Ruzmatov); Bir fazali va kop fazali muhitlar mexanikasining dolzarb masalalari (A. Begmatov, M.I. Ruzmatov).