Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna-Kafedra mudiri
Tel: (+99899) 0808707
e-mail: dilnozaannafi@gmail.com
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasiga Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 31 nafar o’qituvchi faoliyat olib boradi.
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda D.Mazlitdinova ingliz tilini o‘qitish jarayonida innovatsion va axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-uslubiy ishlarni olib boradi.
D.Mazlitdinovaning yakka mualliflikda o’quv qo’llanmalari, mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 30 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. U ilmiy-amaliy anjumanlarda, ilmiy-uslubiy seminarlarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda o’zi ham xorijiy tilni o’qitish sifatini yanada oshirish maqsadida kafedra yosh o’qituvchilariga uslubiy seminarlar tashkil etadi va mahorat darslari olib boradi.
KAFEDRDA TARIXI
Nofilologik yoʼnalishlarda chet tillarni oʼqitish barcha oliygohlarda oʼz ahamiyatiga ega boʼlganidek, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida ham mazkur yoʼnalish oʼzining tarixiy oʼrniga ega. Universitet tashkil etilib, avvaliga tabiiy va aniq fanlar boʼyicha fakultetlar faoliyatini boshlaganidan eʼtiboran ularning har birining tarkibida chet tillar kafedrasi ham oʼz faoliyatini boshlagan. Keyinchalik universitetda ijtimoiy yoʼnalishlar boʼyicha ham qator fakultetlar tarkib topishi natijasida, chet tillar kafedralari soni ortib borgan va universitet tuzilmasini optimallashtirish maqsadida universitet qoshida tillar markazi tashkil etilib, fakultetlar tarkibidagi mavjud chet tillar kafedralari yoʼnalishlarga, yaʼni tabiiy fanlar boʼyicha chet tillar, aniq fanlar boʼyicha chet tillar, biznes va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chet tillar, hamda ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishlar boʼyicha chet tillar kafedralariga ajratilgan va ushbu toʼrt kafedra tashkil etilgan Tillar Markazi tarkibiga kiritilgan. Mazkur markaz 1999 yildan 2009 yilgacha Isakova Ravshana Karimdjanovna tomonidan boshqarilgan.
2009 yilga kelib Tillar markazi tugatildi va ikkita kafedra – tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi tashkil etildi va mazkur ikki kafedra universitetning Xorijiy filologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Qosimova Mavluda Halimovna, 2013-2014 o’quv yilida esa ushbu kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna tomonidan, Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi f.f.n., dotsent Shirinova Raima Xakimovna tomonidan boshqarildi.
Mazkur kafedralarda malakali professor-o‘qituvchilar R.Hoshimova, A.Abdalina, B.Kerbolayeva, D.Aliqulova, D.Jo‘raboyeva, M.Qosimova, R.Shirinova, J.Djumabayeva, N.Sa’dullayeva, M.Soliyeva, M.Bolibekova, Sh.Jalolova kabi fan nomzodlari va dotsentlar faoliyat olib borganlar.
2014 yil 25 sentabr O‘zMU ilmiy kengashining №01-362 sonli qaroriga asosan Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi, hamda Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar kafedrasi birlashtirilib, “Ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va kafedra dotsent S.R.Babayeva tomonidan boshqarildi.
2020 yil 25 iyun O‘zMU Ilmiy Kengashining № 01-337 – sonli buyrug‘iga asosan kafedra “Fakultetlararo ingliz tili” kafedrasi deb nomlandi va 2020 yil sentabr oyidan hozirgacha kafedra Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna rahbarligida faoliyatini olib bormoqda.
FAKULTETLARARO INGLIZ TILI KAFEDRASI
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi O‘zMU tarkibidagi barcha fakultetlarda Xorijiy til (ingliz tili) fanidan amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. Ingliz tilini o’qitish o’quv rejasiga muvofiq bakalavriatning barcha nofilologik yo’nalishlarida birinchi kurs talabalari bilan amalga oshiriladi.
F.f.n., dots. Y.Abdalina va f.f.n., dos. R.Xoshimovalar tomonidan yaratilgan “Ingliz tili darsligi” hamon o’z dolzarbligini yoqotmagan. Hozirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mutaxassislikka oid lug‘atlar va har bir fakultet uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratilib, foydalanish uchun taqdim etilgan.
Xorijiy tilni o’qitish sifatini yanada oshirish maqsadida kafedrada oyda ikki marta yosh o’qituvchilarga uslubiy seminarlar tashkil etiladi va mahorat darslari o’tiladi.
Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi jamoasi o’qituvchilarning davlatimiz rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini har qadamda his etmoqda. Bunda universitet rahbariyati Prezidentimizning xorijiy tillarni o’qitishni rivojlantirish bo’yicha oldimizga qo‘ygan vazifalari ijrosini ta’minlash borasida barcha imkoniyatlarni yaratgan.
Yildan yilga kafedra professor-o‘qituvchilarining fakultetlarning yetakchi kafedralari bilan fanlararo aloqalarini mustahkamlashi, jamoa tomonidan turli til o’rganish to’garaklarining olib borilishi, ma’rifiy tanlovlarning o’tkazilishi talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tilni puxta egallash imkonini bermoqda.
KAFEDRA TARKIBI
№ | F.I.O. | Lavozimi | Elektron pochta |
1 | Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna | Kafedra mudiri, dotsent | dilnozaannafi@gmail.com |
2 | Qaharova Nafisa Ikramovna | Katta o’qituvchi | kahnafisa@mail.ru |
3 | Pidayeva Shaxnoza Bahtiyarovna | Katta o’qituvchi | manabob@mail.ru |
4 | Nazarova Dilshoda Ochildinovna | Katta o’qituvchi | nazarova@mail.ru |
5 | Otajonova Shaxnoza Shavkatovna | Katta o’qituvchi | oshakhnoza@gmail.com |
6 | Rahimova Nigora Polvonnazirovna | Katta o’qituvchi | niga8@mail.ru |
7 | Abdulhayeva Malika Maratovna | Katta o’qituvchi | stalker.malika@gmail.com |
8 | Toxirova Nargiza Bahtiyarovna | Katta o’qituvchi | tahirovanargiza329@mail.com |
9 | Nigmatova Shaxina Abdugapur qizi | Katta o’qituvchi | nigmatovashahina@gmail.com |
10 | Tashpulatova Shirina Ziyovuddin qizi | Katta o’qituvchi | shirin_8886@mail.ru |
11 | Mamatova Feruza Bahtiyarovna | Katta o’qituvchi | mamatovaf@gmail.com |
12 | Agzamova Zamira Izzatullayevna | O’qituvchi | agzamovazamira64@gmail.com0 |
13 | Xidirova Zuhra Po’latovna | O’qituvchi | mirkomilsharofzoda@gmail.com |
14 | Elmuratova Nafisa Xadjibayevna | O’qituvchi | nafisaxon@gmail.com |
15 | Irsaliyeva Madinaxon Anvarbek qizi | O’qituvchi | irsaliyeva92@bk.ru |
16 | Saibnazarova Mahliyo Asatulloyevna | O’qituvchi | mahliyo0626@gmail.com |
17 | Suyunova Maftuna Do’sqobil qizi | O’qituvchi | suyunova93@bk.ru |
18 | Xoliqova Nazokat Batirovna | O’qituvchi | kholikova1994@bk.ru |
19 | Madaminova Gulbahor Xusniddin qizi | Stajyor o’qituvchi | gulbahormadaminova1@gmail.com |
20 | Jurayeva Gulhayo Bahodir qizi | Stajyor o’qituvchi | gjuraeva77@gmail.com |
21 | Artikova Lobarxon Sobitovna | Stajyor o’qituvchi | lobarkhon55@gmail.com |
22 | Amonova Dilfuza Rahimnazar qizi | Stajyor o’qituvchi | dilfuza.amanova1995@gmail.com |
23 | Baratova Dildora Sa’dulla qizi | Stajyor o’qituvchi | dildorabaratova93@gmail.com |
24 | Yusupova Dilnoza Zokirovna | Stajyor o’qituvchi | dilnozkayusupova@gmail.com |
25 | Yarasheva Dilfuza Ravshanovna | Stajyor o’qituvchi | dilfuzayarasheva4@gmail.com |
26 | Badridinova Aziza Abrol qizi | Stajyor o’qituvchi | aziza_badridinova@mail.ru |
27 | Jo’rayeva Zarinaxon Bahodir qizi | Stajyor o’qituvchi | zarauzswlu@mail.ru |
28 | Otaxonova Shoxida Malikjon qizi | Stajyor o’qituvchi | ataxonovashohida58@gmail.ru |
29 | Jumakulova Sayyora Sanjarovna | Stajyor o’qituvchi | sayyorajumakulova@outlook.com |
30 | Sharipova Muxlisa Erkin qizi | Stajyor o’qituvchi | yorqinsharipov@mail.ru |
31 | Yuldasheva Dilfuza Shonazar qizi | Stajyor o’qituvchi | ibragimov_sanjar@mail.ru |
KAFEDRANING ILMIY – TADQIQOT ISHLARI
Kafedra o’quv-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham jadal suratda olib boradi.
2019-2021 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan skopus bazasidagi jurnallarda 19 ta, xorijiy OAK jurnallarda 46 ta, mahalliy OAK jurnallarda 20 ta, xorijiy va respublika ilmiy-amaliy konferensiya to’plamlarida 40 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan.
Hozirgi kunda kafedraning quyidagi o’qituvchi-tadqiqotchilari dissertatsiya ustida ish olib bormoqdalar:
- D.Mazlitdinova “Tarjimada milliy ruhni saqlash tamoyillari (O.Sharafiddinov, I.G’ofurov, X.To’rabek faoliyatida)”;
- N.Raximova “Ingliz va o’zbek tillarida biologik terminlarning qiyosiy tadqiqi»;
- M.Saibnazarova “Ingliz va O`zbek adabiyotida urf odatlar tasnifi (Abdulla Qodiriy va Jeyn O`sten asarlari misolida)”;
- M.Abdulxayeva “Ingliz va o’zbek tillarida kvazi sinonimlarining funksional hususiyatlari”;
- Sh.Tashpulatova “Ingliz va o’zbek tillarida ruhiy holat fe’llarining semantic hususiyatlari, o’zaro tarjimasi va leksikografik talqini”:
- F.Mamatova “Ingliz va o’zbek tillaridagi antropetsentrik evfemizmlarning lingvo-madaniy tadqiqi”;
- G.Jurayeva “Lingua – coaching as an effective approach in teaching ESP”.
KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI
Kafedra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti, universitet qoshidagi Sirojiddinov nomli akademik litsey, 24-sonli o’rta maktab, 28-sonli o’rta maktab, 219-sonli o’rta maktab va Olmazor tumanidagi barcha umumta’lim maktablar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Hamkorlikda kafedra o’qituvchilari o’zaro tajriba almashadilar, ilmiy-uslubiy seminarlar o’tkazadilar, mahorat darslari tashkillashtiradilar.
KAFEDRANING XALQARO ALOQALARI
2021 yilda kafedra Haydarobodning Osmaniya universiteti (top 1000 talikka kiruvchi universitet) bilan memorandum imzolab, hamkorlik aloqalarini o’rnatdi. Bu hamkorlikdan maqsad ta’lim yo’llari orqali o’zaro do’stlik, totuvlik rishtalarini chambarchas mustahkamlashdir.
Osmaniya universiteti professori Vislavath Rajunayak O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (5230100) va Kadrlar menejmenti (5231700) yo’nalishi talabalariga kafedrada tashqi o’rindoshlik asosida amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Kafedra o’qituvchilari va Osmaniya universiteti o’qituvchilari hamkorlikda onlayn treninglar ham tashkillashtirib kelmoqdalar.
Undan tashqari kafedraning xorijiy grantlarda ham ishtiroki faol. Jumladan, Sh.Nigmatova va N.Raximovalar 2018 yil NURSLING-561742-EPP-1-2015-PT-EPPKA2CBHE-SP Milliy kvalifikatsiya tizimi: kvalifikatsiyani rivojlantirish va tan olish bo‘yicha yo’riqnoma loyihasi bo’yicha Gretsiya davlatining Patra universitetida yozgi seminarda ishtirok etib qaytdilar.
D.Mazlitdinova “CLASS – O’rta Osiyodagi universitetlar uchun Kompyuter lingvistikasi bo’yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi Erasmus + Class loyihasida loyiha a’zosi va boshqalar.
KAFEDRA O’QITUVCHILARINING KASBIY MALAKA OSHIRISHI BO’YICHA
Kafedra o‘qituvchilari muntazam O‘zDJTU huzuridagi RIAIM Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) qayta tayorlash kursida muvaffaqiyatli malaka oshirib, sertifikatlarga ega bo’lib kelmoqdalar. Undan tashqari kafedra o’qituvchilari IELTS va SEFR sertifikatlariga egalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-5117 sonli qaroriga muvofiq 2021 yil sentabrdan kafedraning uch nafar o’qituvchilari D.Nazarova, N.Xoliqova va D.Amonovalar 50% ustama haq to’loviga ega bo‘ldilar.
KAFEDRANING MA’NAVIY va MA’RIFIY ISHLARI
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” risolasida ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilgan. Unga ko’ra “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” kontseptsiyasini amalga oshirish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida yoshlarni sog’lom e’tiqod ruhida tarbiyalash barchamizning, ayniqsa biz o’qituvchilarning dolzarb va old vazifalarimizdan biridir. Bu borada kafedra profesor-o’qituvchilari talabalar bilan qator ishlarni, jumladan:
- talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida turli ma’rifiy tadbirlar (kitobxonlik kechalari, taniqli adiblar bilan uchrashuvlar, til bo’yicha ma’rifiy tanlovlar) tashkillashtirish;
- talabalar o’rtasida sport musobaqalari (shaxmat o’yini, milliy kurash, arqon tortish, va h.z.) ni o’tkazish;
- talaba qizlar bilan ularni oilaga tayorlash maqsadida yurtimizning namunali ayollari, tibbiyot xodimlari, olimalari, psixologlari bilan davra suhbatlari tashkillashtirish;
- talabalar bilan ularning ma’naviy va ma’rifiy dunyosini boyitish, qolaversa madaniy hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida muzey, teatr, kinoteatr va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish;
- mehribonlik uylari, qariyalar uyi va nogiron bolalar uylarida bayram va hayriya tadbirlari o’tkazish;
- Olmazor tumanidagi umumta’lim maktab kutubxonalariga maktab o’quvchilari uchun badiiy kitoblar sovg’a qilish;
- kafedraga biriktirilgan Olmazor tumani Tabassum mahallasi aholisi bilan, ayniqsa ayol-qizlari bilan “Ayolning jamiyat va oiladagi o’rni”, “Ayol borki olam munavvar”, “Sen baribir muqaddassan ayol” mavzularida turli davra suhbatlarini olib borish kabi ishlarini amalga oshiryaptilar.
Kafedra o’qituvchilari nafaqat universitet va fakultet, balki jamoat ishlari, hamda davlat miqyosidagi tadbirlarda ham faol ishtirok etadilar. 2020 yil noyabr oyida davlatimiz tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida Olmazor tumani mahallalarida ikki hafta davomida olib borilgan targ’ibot tadbirlarini olib borishda kafedra jonbozlik ko’rsatdi. O’tkazilgan tadbirlarga xududlarda istiqomat qiluvchi keksa avlod vakillari, maktab o’qituvchilari, o’quvchilar va ularning ota-onalari taklif etildi. Tadbirlar davomida kafedra o’qituvchilari aholini halq manfaatlariga, inson qadr-qimmatiga qaratilgan davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan va qilinayotgan bir qancha qaror va farmonlari, davlat dasturlari bilan tanishtirdi, ularning ijrosi ta’minlanganligi va samarali natijalari haqida aytib o’tdi.