Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Umumiy va neft-gaz kimyo kafedrasi

Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna-Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 93 569-88-12

 dmirkhamitova@gmail.com


Umumiy va neft-gaz kimyo kafedrasi 2019 yilda Umumiy kimyo kafedrasi negizida tashkil etildi Umumiy kimyo kafedrasi esa 1981 yilda O’zbekistonda  xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi, kimyo fanlari doktori, professor T.S.Sirliboyev tashabbuskorligida tashkil qilingan.

Kafedraga 1981-2008 yillarda prof.T.S.Sirliboyev, 2009-2019 yillarda prof.S.Z.Nurmonov mudirlik qilgan, 2019 yildan kimyo fanlari doktori D.X.Mirxamitova mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedraning ilmiy yo'nalishi “Mahalliy xomashyolar-neft, tabiiy gaz va ularni qayta ishlash maxsulotlari asosida yangi organik birikmalarni katalitik sintezi, ularning xossalari va qo'llanish sohalarini o'rganish”. 1991 yildan buyon kafedra xodimlari va hamkorlikdagi boshqa tashkilot xodimlaridan ushbu yo'nalish bo'yicha 7 ta fan doktorlari, 17 ta fan nomzodlari tayyorlangan. Hozirgi paytda 16 ta tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 650 dan ortiq ilmiy ishlar, 6 monografiya, 2 darslik va 24 ta o'quv va uslubiy qo'llanmalar chop qilingan, 8 ta patent olingan.


1999 yilda kafedrada “Neft va tabiiy gaz kimyosi” magistratura mutaxassisligi ochilgan va unda har o'quv yilida 8-10 ta magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilinadi.

  • Turli yillarda kafedrada bir qancha fundamental, innovatsion, amaliy va yoshlar granti bajarilgan. hozirgi paytda 3 ta davlat granti bajarilmoqda.
  • Amaliy loyixa. Loyixa rahbari k.f.d.Mirxamitova D.X. AM-FZ-201907165 “Atsitilen asosida siklogeksan sintezi texnologiyasini ishlab chiq  ish” (2020-2022 yy.).
  • Amaliy loyixa. Loyixa rahbari t.f.d., prof.Nurmonov S.Z. AM-FZ-2019081449 “Sanoat ikkilamchi xomashyosi asosida yangi turdagi kationit olish texnologiyasini ishlab chiqish” (2020-2022 yy.).

Innovatsion loyixa. Loyixa rahbari dots.Davronov B.K. FZ-2019081426 “Navoiyazot AJda qayta ishlangan ishqor zritmasi asosida yuvuvchi vositalar olish” (2020-2022 yy.)

Kafedra professor-o'qituvchilari kimyo fakulteti talabalariga neft va gaz kimyosi, katalitik kimyo kurslaridan, nokimyogar yo'nalishi talabalariga umumiy kimyo va kimyo kurslaridan mashg’ulotlar olib boriladi.

O'zR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomli yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan universitet o'rtasida tuzilgan memorandiumga ko'ra turli tadbirlar va master klass darslari o'tkazilib turiladi.


Kafedrada xorijiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi mukofoti laureati, I.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft-gaz universiteti professori t.f.n. Dengaev Aleksey Viktorovich va professor Ro'balchenko Vladimir Sergeevichlar bilan o'quv jarayoni bo'yicha hamkorlik qilinmoqda. Ular zkologiya yunalishi va neft va gaz kimyosi yo'nalishlari talabalariga o'quv mashg’ulotlari o'tkazishdi. Kafedrada O'zR FA institutlari -PKFI, Umumiy va noorganik kimyo instituti, mikrobiologiya instituti, A.Sultonov nomidagi O'zKFITI va oliy o'quv yurtlari (TKTI, SamDU, Jizzax Davlat pedagogika instituti, Jizzax kimyo-texnologiya instituti, Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti, Namangan muxandislik instituti, Qarshi DU, Nukus DU, Navoiy konchilik instituti) bilan o'zaro hamkorliklar mavjud. MDX davlatlari (Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston) hamda Turkiya olimlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha aloqalar yanada rivojlantirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini o'quv jarayoniga va ishlab-chiqarishga joriy qilish bo'yicha ishlar olib borilgan. Neft va tabiiy gaz asosida yangi vinil birikmalar sintez qilingan va ularning qo'llanish sohalari aniqlangan. Ushbu jarayonlar uchun mahalliy xomashyolardan yangi katalizatorlar tayyorlangan. Ularning fizik-kimyoviy va qo'llanish sohalari o'rganilgan. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab-chiqarishga tadbiq qilish bo'yicha Navoiy kimyo kombinati, Jizzax plastmassa zavodi, Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi bilan hamkorlik qilingan.