Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Cambridge University Press vakillari Anil Bayir va Mirlan Ashymkanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Ta’lim sifati bo‘limi boshlig‘i Shohrux Sayfulloyev, O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i Erkin Voxidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Xaytulla Umarov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi


Muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish, zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Cambridge University Press tomonidan nashr etilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni universitetga xarid qilish, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda universitet kutubxonasi fondini zamonaviy ta’lim resurslari bilan boyitish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur muloqot O‘zMUda ta’lim resurslari bazasini kengaytirish, o‘quv jarayoniga xalqaro standartlarga mos adabiyotlarni joriy etish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.