Boltayev Sherzod – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 9
e-mail:
Davlat xavfsizligi bevosita milliy axborot resurslarining xavfsizligi bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik yil sayin ortib bormoqda, ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi milliy axborot resurslarini ishonchli himoyalashni talab etadi. Shu bois, axborot xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash respublikamiz uchun muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU rahbariyati tomonidan 2014 yil 25 sentyabrda «Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish» kafedrasi negizida «Axborot xavfsizligi» kafedrasi tashkil qilinib, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G.U.Jo‘raev kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi.
2016 yil iyul oyida Axborot xavfsizligi» kafedrasi «Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari» kafedrasi bilan birlashib, «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedrasi sifatida faoliyat olib bordi.
2018 yil oktyabr oyida «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedrasi negizida «Axborot xavfsizligi» kafedrasi qayta tashkil qilindi. 2018 yil oktyabr oyidan 2020 yil avgust oyigacha fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent F.N.Ibragimov kafedra mudiri vazifasini bajardi.
2020 yil sentyabr oyidan kafedrani fizika-matematika fanlari doktori Jo‘raev Gayrat Umarovich boshqarib kelmoqda.
«Axborot xavfsizligi» kafedrasida 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 70610301 – Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 70610302 – Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
«Axborot xavfsizligi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilm-fanning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
- Axborot xavfsizligining dolzarb muammolari;
- Kriptologiyaning fundamental muammolari;
- Algebra va algoritmlar nazariyalari;
- Murakkab jarayonlarni matematik modellashtirish.
«Axborot xavfsizligi» kafedrasining yaratilishi hamda kafedrada o‘quv va ilmiy faoliyatlarni tashkil qilinishida kafedra professori, fizika-matematika fanlari doktori, marhum X.A.Muzafarovning xizmatlari katta.
Kafedrada xalq xo‘jaligining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ham katta e’tibor qaratilgan. Xususan, 2012-2017 yillar davomida profesor X.A.Muzafarov, dotsentlar G.U.Jo‘raev va M.X.Hakimovlar rahbarligida xavfsizligi sohasidagi 4 ta ilmiy loyihalar muvaffaqiyatli bajarilgan.
T.f.d., professor A.V.Kabulov rahbarligida 2017-2020 yillarda BV-M-F4-004 – «Funksional jadvallar algebrasi asosida murakkab tizimlar boshqarishini algoritmlashtirish prinsiplarini ishlab chiqish» mavzusidagi fundamental hamda 2018-2020 yillarda OT-Atex-2018-486 – «Mantiqiy boshqaruv va axborot xavfsizligi tizimlarini dasturlashtirilgan mantiqiy kontrollerlar va ularni loyihalovchi avtomatlashtirilgan CAD mantiqiy tizimi asosida amalga oshirish» mavzusidagi amaliy loyihalar bajarilgan.
«Axborot xavfsizligi» kafedrasida xalqaro ilmiy loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018-2019 yillarda t.f.d., professor A.R.Maraximov rahbarligida MRU-OT-30/2017 – «Zamonaviy superkompyuterlardan foydalanib, gazodinamika, filtratsiya va transport oqimi dinamikasi masalalarini yechish uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash algoritmlari» mavzusidagi xalqaro ilmiy loyiha RFAning M.V.Keldыsh nomidagi Amaliy matematika instituti bilan hamkorlikda bajarilgan.
2021 yildan f.-m.f.d. G.U.Jo‘raev rahbarligida Hindistonning Amaliy statitistika instituti bilan birgalikda UZB–Ind–2021–98 – «Oqimli shifrlash algoritmlarini tadqiq qilish va ishlab chiqish» mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy loyiha bajarilmoqda.
Muzafarov Xafiz Azizovich 1948 yilda tug‘ilgan. 1970 yilda A.R.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutini injener-mexanik, 1980 yilda M.V.Lomonosov nomidagi MDUni amaliy matematika mutaxassisliklari bo‘yicha tugatgan.
U 1982 yilda «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» ixtisosligi bo‘yicha «Qadam tashlab yuruvchi mashinalarni dinamikasini boshqarish» mavzusidagi nomzodlik, 1992 yilda «Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmuasi» ixtisosligi bo‘yicha «Matematik fizikaning ayrim masalalarini parallel hisoblash algoritmlarini qurish va ularni ko‘pprotsessorli hisoblash tizimlarida amalga oshirish» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yokladi.
1992 yildan mehnat faoliyatini ToshDUda davom ettirdi. Dastlab «Matematik modellashtirish» ilmiy laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, 1994 yildan 1995 yilgacha mazkur laboratoriya mudiri lavozimida ishladi.
Professor X.A.Muzafarov 1995 yildan «Hisoblash matematikasi» kafedrasi mudiri lavozimida ushbu kafedrani turli nomlar bilan 2012 yilgacha boshqardi.
U 2000-2003 yillari O‘zMUning Kompyuter texnologiyalari fakultetining dekani lavozimida ushbu fakultetni boshqargan.
Professor X.A.Muzafarov 2012 yildan «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish», 2014 yildan «Axborot xavfsizligi», 2016-2017 yillari «Matematik modellashtirish va kriptoanaliz» kafedralarining professori lavozimida ishladi.
U pedagogik faoliyati davrida Matematik modellashtirish, Parallel hisoblash algoritmlari, Superkompyuter texnologiyalari kabi yangi o‘quv fani va maxsus kurslarni o‘quv jarayoniga kiritdi.
Professor X.A.Muzafarov o‘z ilmiy faoliyatini qadam tashlab yuruvchi robotlar harakatini matematik modellashtirish masalalarini tadqiq qilishdan boshlagan. Ushbu tadqiqotlarning natijasida u fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.
U 1980 yillarning o‘rtalaridan matematik fizika masalalarini yechishning parallel algoritmlarini yaratish hamda ularni transpyuter va larda ko‘pprotsessorli hisoblash tizimlarida amalga oshirish, murakkab ob’ekt va jarayonlarni matematik modellashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, 1992 yilda u fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Professor X.A.Muzafarov 2010 yillardan boshlab, axborot xavfsizligining dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Shu bois, O‘zMUda «Axborot xavfsizligi» kafedrasining yaratilishi hamda kafedrada o‘quv va ilmiy faoliyatlarni tashkil qilinishida kafedra professori, marhum X.A.Muzafarovning ulushlari katta deb hisoblash mumkin. Uning rahbarligi va ishtirokida 2012-2017 yillari axborot xavfsizligining yopiq mavzulari bo‘yicha O‘zMUda 4 ta ilmiy loyiha muvaffaqiyatli bajarildi. Buning natijasida O‘zMU Axborotni himoyalashning kriptografik muhofazasi bo‘yicha Vakolatli organning litsenziyalariga ega bo‘lgan yagona oliy o‘quv yurti statusiga ega bo‘ldi.
Uning bevosita ilmiy rahbarligida f.-m.f.d. G.U.Jo‘raev, dotsentlar M.Abduraimov va Sh.Allamuratovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Shuningdek, professor X.A.Muzafarov G.U.Jo‘raevning doktorlik dissertatsiyasiga ham ilmiy maslahatchi bo‘lgan.
f.-m.f.d., professor G.U. Jo‘raev
Fizika-matematika fanlari doktori Jo‘raev Gayrat Umarovich 1962 yilda tavallud topgan.
U 1984 yilda Toshkent davlat universitetining «Amaliy matematika va mexanika» fakultetini mexanika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
G.U.Jo‘raev mehnat faoliyatini 1984 yil sentyabr oyidan O‘zbekiston FAning Kibernetika institutida injener lavozimidan boshlagan. U 1990 yilgacha Kibernetika institutida katta injener, stajer-tadqiqotchi lavozimlarida ishladi.
Moskva davlat universiteti Kibernetika va hisoblash matematikasi fakultetining «Hisoblash usullari» kafedrasida ilmiy stajirovka o‘tadi va mazkur kafedra qoshidagi aspiranturada tahsil oldi. U ushbu davrda nurlanuvchi gazlar dinamikasi masalalarini modellashtirish va lazerli plazma masalalarini tadqiq qilish bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada bir o‘lchovli nurlanuvchi gazlar dinamikasi masalalarini kompyuterda samarali tadqiq qilish imkonini beruvchi RADIAN dasturiy paketi yaratildi. Keyinchalik, ko‘pprotsessorli hisoblash tizimlarining murakkab hisoblashlar uchun amaliyotga keng qo‘llanilishi munosabati bilan Rossiya FAning M.V.Keldыsh nomidagi Amaliy matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, f.-m.f.d. T.K.Kozubskaya tomonidan RADIAN paketining superkompyuterlarda amalga oshiriluvchi varianti ishlab chiqildi va amaliyotga qo‘llanildi.
U 1996 yilda «Matematik modellashtirishning nazariy asoslari, sonli usullar va dasturlar majmuasi» ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. G.U.Jo‘raevning nomzodlik dissertatsiyasi natijalaridan Rossiya FAning M.V.Keldыsh nomidagi Amaliy matematika hamda P.N.Lebedev nomidagi Fizika institutida lazerli termoyadro sintezi hamda lazer nurlanishini moddaga ta’siri masalalarini modellashtirishda foydalanilgan.
G.U.Jo‘raev 1994-2001 yillari ToshDUning «Matematik modellashtirish» ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodim va yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida o‘z faoliyatini davom ettirdi.
U 2001-2014 yillari «Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish» kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini davom ettirib, Murakkab jarayonlarni modellashtirish, Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti, Ayirmali sxemalar nazariyasi kabi yangi maxsus kurslarni birinchi marta o‘quv jarayoniga kiritdi. Uning ushbu davrdagi ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazuvchan muhitlardagi filtratsiya jarayonlari hamda neft-gaz sanoati masalalarini matematik modellashtirish texnologiyalari asosida tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Yarim chegaralangan soha ichida quduqlar galeriyasi ishtirokidagi suyuqlik filtratsiyasida bosimni tarqalishining analitik va sonli yechimlari olingan. To‘rtburchakli sohada quduqlar galeriyasi mavjud bo‘lgan hollarda chiziqsiz gaz filtratsiyasini yechish tadqiq qilingan.Yarim chegaralangan, o‘tkazuvchi va o‘tkazmaydigan qatlamlarda naporli filtratsiyani modellashtirish masalasi o‘rganilgan bo‘lib, napor elementar funksiyalarni kombinatsiyasi ko‘rinishida aniqlangan. Gaz konlarida gazni qazib olishda o‘zaro ta’sirlashuvchi qatlamlarda quduqlar galeriyasi mavjud bo‘lgan hollarda bosimni tarqalishini aniqlash masalalari tadqiq qilingan.
G.U.Jo‘raev oxirgi o‘n yilda axborot xavfsizligining kriptografik algoritmlari va vositalarini ishlab chiqish, kriptotahlil masalalarini tadqiq qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. Xususan, uning rahbarligida kriptobardoshli, yangi simmetrik blokli milliy shifrlash algoritmi yaratildi va amaliyotga qo‘llanildi. Shuningdek, yangi milliy xeshlash algoritmini yaratish va uning kriptobardoshligini tadqiq qilishda G.U.Jo‘raev faol ishtirok etdi. Uning tomonidan hozirgi kunda axborotlarni muhofazalashda ishlatilib kelinayotgan milliy va ayrim xorijiy kriptografik standartlarning asosini tashkil qiluvchi shifrlash algoritmlarining kriptobardoshligi samarali tadqiq qilingan.
G.U.Jo‘raev 2019 yilda axborot xavfsizligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning ilmiy rahbarligida fizika-matematika fanlari bo‘yicha 1 nafar falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilingan. Ayni vaqtda A.A.Ikramov, T.R.Abdullaev, O.N.Bozorov va Q.B.Raximberdiev kabi mustaqil izlanuvchi hamda tayanch doktorantlar samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
t.f.d., professor A.V.Kabulov
Kabulov Anvar Vasilovich 1952 yil Toshkent shaxrida tug‘ilgan. 1975 yilda Moskva fizika-texnika instituti ASU fakultetini Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari mutaxassisligi bo‘yicha bitirdi. U 1978 yilda “Matematik-kibernetika” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik, 1989 yilda “Iqtisodiy matematik modellashtirish” ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yokladi. U 1978-91 yillar O‘zFA Kibernetika Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yetakchi ilmiy xodim, 1992 yildan 2006 yilgacha Toshkent Moliya institutida Iqtisodiy informatika kafedrasi professori lavozimlarida, 2007-2011 yillarda O‘zbekiston muxandislar federatsiyasi raxbarlik lavozimida va 2014 yildan xozirgi kungacha O‘zMU Axborot xavfsizligi kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Professor Anvar Kabulov Algoritmlapshtirish va murakkab tizimlarni boshqarish hamda Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Uning ilmiy raxbarligida “Funksional jadvallar asosida taxdidlarni aniqlash va ma’lumotlarni taxdidlardan himoyalash” mavzudagi ilmiy-tadkikot ishlari samarali olib borilgan. Ilmiy izlanishlar jarayonida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, shu jumladan, f.-m.f.d., professor v.b. I.X.Normatov doktorlik hamda I.I.Qalandarov, N.Shesterova, A.Boyjumanov, B.Zufarov, O.Allanazarov, G.I.Kartavsevlar fan nomzodi ilmiy darajalarini olishgan.
f.–m.f.d., professor N.X.Kasimov
Kasimov Nadimulla Xabibullaevich 1959 yilda Toshkent shaxrida ziyoli oilasida tavallud topgan. 1976 yilda №50 – maxsus fizika-matematika maktabini oltin medal bilan tamomlagan. 1981 yilda ToshDUning “Amaliy matematika va mexanika” fakultetini amaliy matematika mutaxassisligi bo‘yicha bitirdi. Nomzodlik dissertatsiyasini 1988 yilda Novosibirsk Davlat universiteti huzuridagi K 063.98.01 ixtisoslashgan kengashda “Algebraik spesifikatsiyalar va konstruktiv tasvirlanishlar” mavzusida 01.01.06 – Matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
N.X.Kasimov 1993 yildan fizika-matematika fanlari doktori (dissertatsiyani 1993 yilda Rossiya FAning Sibir bo‘limi Matematika Instituti huzuridagi D 002.23.01 Ixtisoslashgan kengashda “Rekursiv ajratiluvchi nomerlashtirilgan algebralar” mavzusida 01.01.06 – matematik mantiq, algebra va sonlar nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan).
U 1981-2002 yillari O‘zR FAning Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, stajyor-tadqiqotchi, kichik, katta, yetakchi va bosh ilmiy xodim lavozimlarda ishlab kelgan. Shu bilan birga, 1996-2000 yillarda TAYI «Hisoblash texnikasi va informatika» kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
N.X.Kasimov 2002-2012 y.y. O‘zR Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligida vazir maslahatchisi, bosh boshqarma boshlig‘i va O‘zmarkazimpeks Davlat Aksionerlik tashqi savdo kompaniyasi marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
U 2012 yildan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyatini boshlagan.
Professor N.X.Kasimov ilmiy izlanishlari matematik mantik va algoritmlar nazariyasi, universal algebra va Theoretical Computer Science, axborot xavfsizligi va algoritmlar murakkabligi sohalariga tegishli. Jumladan, algebraik tizimlarning avvaldan berilgan xossalarga ega bulgan algoritmik tasvirlanishlarini mavjudligi va ushbu tasvirlanishlarning xossalari bilan bog‘liq tarkibiy tomonlarini o‘zaro munosabatlarini o‘rganib chikish va tasniflash, ma’lumotlar modellariga mantiqiy yondashishni qo‘llash va dasturlarni spesifikatsiyalarining nazariyasini rivojlantirish, murakkab tizimlarni ajratiluvchi samarali algoritmik tasvirlanishlarini tadqiqlash va ularning algoritmik, algebraik va topologik xossalari orasidagi o‘zaro munosabatlarni yoritishdir. Xususan, aytilgan yunalishlar buyicha quyidagi ilmiy natijalar olingan:
rekursiv ajratiladigan algebraik tizimlarning strukturaviy nazariyasi yaratilgan, Computer Science sohasiga tegishli bir qancha muammolar yechilgan (ma’lumotlarning abstrakt turlari uchun Bergstra-Taker-Kamin, universal spesifikatsiyalarni tasviriy kuchi tugrisida nazariya va hakoza);
bevosita matematik mantiq, algoritmlar nazariyasi va universal algebraga tegishli bir qancha muammolarning yechimi topilgan (A.I.Malsev muammolari, Baur muammosi, rekursiv ajratiladigan algebralarning asosiy tarkibiy, algoritmik va topologik xossalari o‘rganilgan va ushbu algebralar klassifikatsiyalashtirilgan), shu jumladan, chiziqli tartiblarning algoritmik va tarkibiy xossalari.
Shogirdlaridan F.N. Ibragimov va R.N.Dadajanovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Hozirgi kunda tayanch doktorantlar
I.A. Xodjamuratova, S.K.Javliev dissertatsiyalarini tugatish arafasida.
N.X.Kasimov 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika soxasida yosh olimlar mukofoti sovrindori bo‘lgan.
U 140 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifidir.
N.X.Kasimovning tashabbusiga binoan O‘zMU bilan Rossiyaning Qozon Federal universiteti (QFU) va Rossiya FAning Sibir bo‘limining Matematika instituti bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari 2014 yilda imzolandi. Ushbu shartnomalar asosida O‘zMUning 8 nafar talabasi O‘zbekistonda noyob mutaxassisliklardan hisoblangan axborot xavfsizligi va matematik mantiq sohalari bo‘yicha Qozon Federal Universiteti magistraturasida byudjet asosida muvaffaqiyatli tahsil olishdi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
№ | Fan nomi (bakalavr) | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Diskret matematika va matematik mantiq | |
2 | Kodlash nazariyasi | |
3 | Algoritmlar nazariyasi | |
4 | Axborot xavfsizligi asoslari | |
5 | Operatsion tizimlar xavfsizligi | |
6 | Kompyuter tarmoqlari | |
7 | Kiberxavfsizlik | |
8 | Kriptologiyaning matematik asoslari | |
9 | Axborotni himoyalashning kriptografik usullari | |
10 | Kriptografik protokollar | |
11 | Kriptotizimlar | |
12 | Kriptotahlil elementlari | |
13 | Veb dasturlar xavfsizligi | |
14 | Blokcheyn texnologiyalari |
№ | Fan nomi (magistratura) | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Zamonaviy kriptografiya | |
2 | Kriptotahlil usullari | |
3 | Amaliy kriptografiya | |
4 | Elliptik egri chiziqlar kriptografiyasi | |
5 | Moliyaviy kriptografiya | |
6 | Kompyuter xavfsizligining nazariy asoslari | |
7 | Axborot xavfsizligini boshqarish | |
8 | Axborot xavfsizligi auditi | |
9 | Himoyalangan bank tizimlari | |
10 | Tashkilotda axborot xavfsizligining kompleks tizimi | |
11 | Axborot xavfsizligining algoritmik va avtomat modellari |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Jo‘raev Gayrat Umarovich | Fizika-matematika fanlari doktori, professor | Axborot xavfsizligi bo‘yicha yopiq mavzu |
2 | Kabulov Anvar Vasilovich | Texnika fanlari doktori, professor | |
3 | Kasimov Nadimullo Habibullaevich | Fizika-matematika fanlari doktori, professor | |
4 | Normatov Ibrohimali Xolmamatovich | Fizika-matematika fanlari doktori, professor v.b | |
5 | Dadajanov Ruzmat Normatovich | Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent | |
5 | Boltaev Sherzod Tuyliboevich | Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot.
Axborot xavfsizligi kafedrasi quyidagi mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
«UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi DUK;
Kiberxavfsizlik markazi DUK;
Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
O‘zbekiston Respublikasi «Sanoat qurilish banki»;
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti;
RFA Keldыsh nomidagi Amaliy matematika instituti;
Novosibirsk davlat universiteti;
Tomsk davlat universiteti (Rossiya federatsiyasi);
Qozon davlat universiteti;
Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston);
Hindiston statistika universiteti huzuridagi Kriptologiya va xavfsizlik markazi (Hindiston)
Kafedra tarkibi
№ | F.I.Sh. (lavozimi) | Elektron pochta |
1 | Jo‘raev Gayrat Umarovich, kafedra mudiri | gjuraev@mail.ru |
2 | Kabulov Anvar Vasilovich, professor | anvarkabulov@mail.ru |
3 | Kasimov Nadimullo Habibullaevich, professor | nadim59@mail.ru |
4 | Normatov Ibrohimali Xolmamatovich, professor v.b. | ibragim_normatov@mail.ru |
5 | Dadajanov Ruzmat Normatovich, dotsent | dadajonovrn@mail.ru |
6 | Boltaev Sherzod Tuyliboevich, dotsent v.b. | sherzodboltaev@gmail.com |
7 | Abdullaev Temur Rashidovich, katta o‘qituvchi | timurar@yandex.ru |
8 | Alaev Ruhullo Habibullaevich, katta o‘qituvchi | mr.ruhullo@gmail.com |
9 | Bozorov Obidjon Norqobilovich, katta o‘qituvchi | bozorov.obid@gmail.com |
10 | Muhamadiev Firdvs Rudakiy o‘g‘li, o‘qituvchi | firdavsmukhammadiyev@gmail.com |
11 | Xudoyqulov Kamoljon Toshpo‘latovich, o‘qituvchi | kxudoykulov@gmail.com |
12 | Farmonov Bobur Toshpo‘latovich, o‘qituvchi | boburfarmonov93@mail.ru |
13 | Saymanov Islambek Mirzabaevich, o‘qituvchi | 19_sim_92@mail.ru |
14 | Berdimurodov Mansur Alisherovich, o‘qituvchi | mansur_alisherovich@mail.ru |
Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar tayanch doktorant va 1 nafar doktorant 05.01.05 –«Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi» hamda 01.01.03 – «Hisoblash matematikasi va diskret matematika» ixtsosliklari bo‘yicha doktoranturada ta’lim olmoqdalar.